WHOIS

Whois – ro‘yxatdan o‘tgan domen yoki IP manzili kimga tegishli ekanini ko‘rsatadi. Domen kimga tegishli ekanini hoziroq bilib oling!

IP adresiniz 172.70.134.18
So'roq qilinmoqda ...

Domen holatini tekshiring

Domen manzilidan foydalanish mumkinligi yoki mumkin emasligini bilish uchun domenni WHOIS so‘rov qismiga yozishingiz kifoya.

O'zingiz xohlagan domenning egasini toping

Domen manzilini qidirganingizda, domen bilan bog‘liq barcha ma’lumotlar, xususan, ro‘yxatdan o‘tkazilganlik holati, kimga tegishli ekanligini, yaratilish va amal qilish muddatini bilib olasiz.

Manzilning muddati qachon tugashini bilib oling

Agar siz domen manzilini sotib olmoqchi bo‘lsangiz, domenning amal qilish muddatini bilish foydali bo‘ladi. Bu sizga tegishli domenni o‘zingiz sotib olish imkonini beradi.

ENG KO‘P QIZIQISH UYG‘OTGANLAR

Tez-tez so‘raladigan savollar

Domain Whois nima?

Whois soʻrovi orqali tegishli domen haqida koʻplab maʼlumotlarni olishingiz va eng ko‘p qiziqish uyg‘otadigan savollardan biri hisoblanuvchi “Domen kimga tegishli?” degan savolga javob topishingiz mumkin. Whois so‘rovini amalga oshirish orqali quyidagi ma'lumotlarni olishingiz mumkin.

  1. Domen kimga tegishli ekani
  2. Domenni ro‘yxatdan o‘tkazish sanasi
  3. Domenning yangilanish sanasi
  4. Domenning amal qilish muddati kabi ko‘plab ma'lumotlarni olishingiz mumkin.

Whois so‘rovi qanday amalga oshadi?

Whois domen so‘rovi ruxsat etilgan IP manzillar orqali tegishli reestr kompaniyasiga yoki whois serverini maxsus kelishuvlar bilan joylashtirgan rasmiy registrator tomonidan maxsus ajratilgan va xavfsizlik shartlari o‘rnatilgan ma'lumotlar bazasiga yuborish orqali amalga oshiriladi.

Maxfiy whois yozuvi/ma’lumoti nima?

Ba'zi domenlarning identifikatsiya ma'lumotlari yashirin bo‘ladi. Bu domen whois protection deb ataladi. Whois protectionga ega nomlarining egalari yoki moliyaviy yoxud texnik menejerlariga murojaat qilish uchun whois ma'lumotlarining maxfiyligini o‘z zimmasiga olgan proksi (vakil) manzilini xabardor qilish kerak. Har bir whois protection servis provayderi ICANN qoidalariga muvofiq u orqali uzatiladigan bildirishlarni identifikatsiyasi yashirilgan domenning haqiqiy egasiga yetkazishi kerak. Ushbu majburiyatda ma’lum qilish muhim deb hisoblanganligi sababli whois ma’lumoti yashirilgan domen nomining haqiqiy egasi bilan bog‘lanish uchun aloqa ma'lumotlarining to‘g‘riligi va amalda ekanligi uchun birinchi navbatda tegishli domen egasi avobgardir.

Whois ma’lumotlari qanchalik to‘g‘ri?

ICANN WHOIS ma'lumotlar bazasini iloji boricha aniq saqlashga mo‘ljallangan ko‘rsatmalar beradi. Domen egalarining aloqa ma'lumotlari o‘zgarishi mumkinligi sababli Atak Domain kabi domen registratorlari domen egalariga har yili WHOIS domen ma'lumotlarini ko‘rib chiqish va tahrirlash imkoniyatini berishi kerak. ICANN qoidalariga ko‘ra, ushbu ma'lumotni yangilashdan bosh tortish yoki noto‘g‘ri ma'lumotlarni taqdim etish domen nomlarining to‘xtatilishi yoki bekor qilinishiga olib kelishi mumkin. Bundan tashqari, ICANN internet foydalanuvchilariga WHOIS domen qidiruv ma'lumotlari noto‘liq yoki noto‘g‘ri ekanligini sezsalar, shikoyat qilish imkonini beradi. Bunday hollarda domen registratorlari ma'lumotlarni tezda tuzatishi va tasdiqlashi kerak. Ushbu tasdiqlash protokoli bilan ICANN ma'lumotlarning eng yuqori aniqlik darajasini ta'minlashga intiladi.

Whois ma'lumotlarimni qanday yangilashim mumkin?

WHOIS aloqa ma'lumotlaringizni Atak Domain akkauntingizning Domen menejerida yangilashingiz mumkin. Siz bu jarayonni bir nechta oson bosqichda yakunlashingiz va aloqa ma'lumotlarini alohida yoki birgalikda yangilashingiz mumkin. ICANN qoidalariga rioya qilish, shuningdek, WHOIS yozishmalarini to‘g‘ri elektron pochta manzili bilan olganingizga ishonch hosil qilish uchun aloqa ma'lumotlaringizni har doim yangilab turish muhimdir.

Domen maxfiyligi nima uchun muhim?

Domen maxfiyligini faollashtirmasangiz, whois so‘rovini yuborgan har bir foydalanuvchi ma'lumotlaringizga kira oladi. Natijada spam deb ataladigan keraksiz elektron pochta xabarlarini va keraksiz smslarni olishingiz mumkin.

Whois so‘rovida qaysi ma'lumotlarim ko‘rsatiladi?

Agar domeningiz maxfiyligi faol bo‘lmasa, sizning ma'lumotlaringiz whois so‘rovi paytida ko‘rinishi mumkin. Whois maxfiyligingiz faol bo‘lsa, hech qanday ma'lumot ko‘rsatilmaydi. Agar whois maxfiyligingiz faol bo‘lmasa, whois so‘rovini amalga oshirganingizda ko‘rsatiladigan ma'lumotlaringiz quyidagicha bo'ladi:

  1. Domen egasining ismi va familiyasi,
  2. Domen egasining manzili,
  3. Domen egasining elektron pochta manzili,
  4. Domen egasining telefon raqami kabi shaxsiy ma'lumotlar ko‘rsatilishi mumkin.

Domen Whois ma'lumotlarini yashirishim kerakmi?

Whois yashirish ishi sizning shaxsiy xohishingizga bog‘liq, lekin biz yashirishni qat’iy tavsiya qilamiz. Sababi, whois himoyasi mavjud bo‘lmaganda, sizning barcha shaxsiy ma'lumotlaringizni (ism, familiya, elektron pochta, telefon raqam va boshqalar) hamma ko‘rishi mumkin. Bu holat esa ma'lumotlar maxfiyligining iddiy buzilishiga olib kelishi mumkin. Bundan tashqari, elektron pochta va telefoningizga keladigan spam-xabarlar ham bezovta qilishi mumkin.

RDAP (Registration Data Access Protocol) nima?

Internet Engineer Task Force tomonidan yaratilgan RDAP foydalanuvchilarning mavjud ro‘yxatga olish ma'lumotlariga kirish imkonini beradi.

Whois ma'lumotlari ICANN Whois ma'lumotlar bazasida saqlanadimi?

Domen holati kodlari deb ham ataladigan "Kengaytirsa bo‘ladigan ta’minot protokoli" (EPP) domen holati kodlari domenni ro‘yxatdan o‘tkazish holatini ko‘rsatadi. Har bir domen nomining kamida bitta holat kodi mavjud, lekin bir nechta bo‘lishi ham mumkin. EPP kodi yordamida domen manzilingiz holatini osongina tushunishingiz mumkin. Kodlar haqida batafsil ma'lumotni ICANN EPP kodi izohlar havolasini bosish orqali topishingiz mumkin.

Whois so‘rov vositasi bepulmi?

Ha, siz domen nomlari haqida ma'lumot qidirish uchun vositamizdan mutlaqo bepul foydalanishingiz mumkin. Xohlagancha foydalanishingiz mumkin, chunki qidiruvlar soni cheklanmagan. Sayt kimga tegishli ekanligini aniqlash uchun juda qo‘l keladi.

Nima uchun ba'zi Whois so‘rov yozuvlari maxfiy?

Domen egalari Whois Maxfiylik himoyasiga murojaat qilishlari mumkin va domen provayderi ma'lumotlarini proksi-server ma'lumotlari bilan almashtiradi. Baʼzi maʼlumotlar GDPR kabi mahalliy maʼlumotlarni himoya qilish va maxfiylik qonunlariga muvofiq domen provayderlari tomonidan ham yashirilishi mumkin.

Domenni ro‘yxatdan o'tkazish uchun Whois so‘rov vositasidan foydalansam bo‘ladimi?

Ha. Vositamiz yordamida domen qidirganingizda, Whois so‘rovi natijalari domenni sotib olish mumkin yoki mumkin emasligini ko‘rsatadi. Agar bo‘sh bo‘lsa, darhol sotib olishingiz mumkin.

background